15-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan 63 yoshli ayol vafot etdi

15-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan 63 yoshli ayol vafot etdi

1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30 may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.

Bemorning  davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining  mutaxassislari  nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog,  reanimatologlarning  belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor  bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan  vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!