13 yildan beri qidiruvda bo‘lgan namanganlik erkak Toshkent viloyatida qo‘lga olindi (foto)

13 yildan beri qidiruvda bo‘lgan namanganlik erkak Toshkent viloyatida qo‘lga olindi (foto)

Namangan viloyatining Norin tumani IIB xodimlari tomonidan 2005 yildan beri qidiruvda bo‘lgan, 1977 yilda tug‘ilgan D.M. qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo»ga tuman IIB mutasaddilari ma’lum qildi.

Tafsilotlarga ko‘ra, tumanning Zarbdor mahallasida yashagan D.M. turmush o‘rtog‘i, 1984 yilda tug‘ilgan D.O.ni muttasil haqoratlab, urib-do‘pposlab kelgani sababli ayol 2005 yil may oyida uyida o‘ziga benzin yordamida o‘t qo‘yib, joniga qasd qilgan va halok bo‘lgan. Bu vaqtda oilaning 3 yoshli qizi bor edi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi, 2-qismi bilan ayblov e’lon qilingan, biroq u noma’lum manzilda yashiringani sababli qidiruvga berilgandi.

D.M. oradan 13 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, G‘allaquduq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning biridan topildi. U allaqachon boshqa oila qurib, 3 farzandni dunyoga keltirishga ulgurgan ekan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!