12 avgust 1-smena: 153 abituriyent test sinovlariga kelmadi, 16 nafari chetlashtirildi

12 avgust 1-smena: 153 abituriyent test sinovlariga kelmadi, 16 nafari chetlashtirildi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘n ikkinchi kuni 1-smenasida 2 ta oliy ta’lim muassasalarining 8 ta ta’lim yo‘nalishida test sinovlari bir vaqtda soat 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar to‘liq yakunlandi. 

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebooksahifasida ma’lum qilinishicha, 12 avgustning 1-smenasidagi test sinovlarida 3 941 nafar abituriyent ishtirok etgan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, test sinovlarida 153 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 16 nafar abituriyent, shundan 8 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 8 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 397 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Test natijalari Feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18:30 dan qaytarish boshlanadi.

Toshkent shahrida test materiallari 12:00 dan boshlab Davlat test markaziga qaytariladi. Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Davlat test markazining xodimlari tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta’minlagan holda test materiallarini qayta ishlashadi.

Tegishli xizmatlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va daxlsizligi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi.

Test sinovlari belgilangan reja asosida o‘tkazildi va o‘tkazish jarayonida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!