100 yillik tarix o‘zgardi: Avstraliya aholisi ilk bor kamaydi

100 yillik tarix o‘zgardi: Avstraliya aholisi ilk bor kamaydi

2020 yil bahoridan pandemiya sababli chegaralari yopiq bo‘lgan Avstraliyada Birinchi Jahon Urushidan beri ilk bor aholi sonining uch oy ichida pasayishi qayd etildi, deya ma’lum qildi mamlakat Statistika byurosining demografiya bo‘yicha direktori Fil Brauning. Bu haqda The Sydney Morning Herald xabar berdi.

2020 yilda mamlakat aholisi 4200 kishiga kamayib, 25 693 059 kishiga yetdi. 55 400 kishi mamlakatni tark etdi, 20 600 kishi chet eldan keldi. Bungacha, oxirgi marta Birinchi Jahon urushi paytida 1916 yilning so‘nggi uch oyida aholining kamayishi kuzatilgan edi, deb yozadi The Sydney Morning Herald. O‘shanda qit’a aholisi 51,5 ming kishiga kamaygan edi. Mutaxassislar aholining kamayishini muhojirlar oqimining kamayishi va tug‘ilish darajasining pastligi bilan izohlamoqda.

2019 yil sentyabr oyida migrantlar Avstraliya aholisi o‘sishining 63 foizini tashkil etgan; 2020 yil sentyabrida bu ko‘rsatkich 39 foizdan pastga tushdi. Hali ham yopiq bo‘lgan chegaralar muhojirlar oqimining yanada kamayishi xavfini tug‘diradi. KPMG bosh iqtisodchisi Brendan Rinnening so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 12 oy ichida Avstraliyaga muhojirlarning sof oqimi deyarli 65 foizga kamaydi. Tug‘ilish darajasi 2020 yilda 2,2 foizga, ya’ni deyarli 7000 kishiga kamaydi.

O‘tgan yili mamlakatda 299,5 ming bola tug‘ilgan. Bu so‘nggi 11 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich va tug‘ilishning 24 yil ichidagi eng katta pasayishi, deya yozmoqda nashr. Mutaxassislar tug‘ilish darajasining pasayishini odamlarning iqtisodiyot istiqbollariga nisbatan ishonchsizligi bilan izohlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!