To‘rtko‘lda tadbirkor bo‘lish istagidagi fuqarodan pul talab qilgan firibgar ushlandi

To‘rtko‘lda tadbirkor bo‘lish istagidagi fuqarodan pul talab qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning To‘rtko‘l tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.S. firibgarlik yo‘li bilan noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro S.ga tanishlari orqali do‘kon qurishi uchun yer maydoni olib berishini va’da qilib, unga tuman hududidan “Eko bozor” qurilishi uchun 75 kv. metr yer maydoni ajratilganligi haqidagi tuman hokimining soxta farmoyishini taqdim qilib, evaziga 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!