"Zapravka"da navbatda turib, yonib ketgan "Damas" bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

"Zapravka"da navbatda turib, yonib ketgan "Damas" bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, ya’ni 11 yanvar kuni soat 07:50 da, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kumidon MFY da joylashgan “Afsona-4” nomli avtomobillarga metan gaz yoqilg‘i quyish shahobchasida navbatda turgan fuqaro Barkamol A., ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovning avtosalonida elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida, avtoulovning avtosalonida bo‘lgan fuqaro Barkamol A., ga tegishli haydovchilik guvoxnomasi va boshqa hujjatlarga shikast etkanligi aniqlangan.

Jarohat olgan va vafot etganlar yo‘q.

Shuningdek, ushbu “Damas” rusumli avtoulovning atrofida navbatda turgan boshqa avtomashinalarga shikast yetmagan.

Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joyga To‘raqo‘ron tumani IIO FMB tergov-tezkor guruhi chiqqan bo‘lib, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!