«Yuventus» Ronalduni qanchaga sotishini ma’lum qildi. Krishtianu esa...

«Yuventus» Ronalduni qanchaga sotishini ma’lum qildi. Krishtianu esa...

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin. As nashrining yozishicha, Turin klubi 36 yoshli futbolchini 25 million yevroga sotishga tayyor.

Qayd etilishicha, portugaliyalik hujumchi bilan hamkorlik «Yuventus»ga yiliga 87 million yevroga tushadi, shu jihat hisobga olinib, yuqoridagi summa klubga moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olishga imkon beradi. Shu bilan birga «Yuventus» Ronalduni boshqa klubga o‘tishga majburlamoqchi emasligi ta’kidlanmoqda.

Agar Krishtianu «Yuventus»ga klubini o‘zgartirmoqchi ekanligini ma’lum qilsa va aniq taklifni taqdim etsa, italiyaliklar muloqotga kirishishga tayyor hamda uni hech qanday muammosiz qo‘yib yuboradi. Mabodo Ronaldu borasida takliflar bo‘lmasa, klub u bilan hamkorlikni mamnuniyat bilan davom ettirmoqchiligi aytilmoqda.

Avvalroq Ronalduning «Real»ga qaytmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ronaldu 2009-2018 yillarda «Real» safida to‘p surgan.

2020/21 yilgi mavsumda futbolchi A Seriyaning 24 uchrashuvida 23 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!