Yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy haydovchilar Rossiyadan chiqarilmaydi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy haydovchilar Rossiyadan chiqarilmaydi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy raqamli avtomobil egalari jarimalarni to‘lamaguncha Rossiya hududidan chiqarilmaydi.

Rossiya Federasiyasining «Xalqaro avtomobillar tashuvlari ustidan davlat nazorati va ularni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida»gi qonuniga binoan 2021 yil 7 iyuldan haydovchi chegaraga kelgach, unga uch soat muddat beriladi. Ushbu vaqt davomida jarima to‘lanmasa, unga Rossiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmaydi.

Yangi tartib bo‘yicha chet el transportlarining 2020 yil 8 dekabrdan keyingi jarimalari inobatga olinadi.

Chet ellik haydovchi to‘lanmagan jarima bor yoki yo‘qligini Gosavtoinspeksiya rasmiy veb-saytidagi «Proverka shtrafov GIBDD» xizmati orqali mustaqil aniqlashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!