YPX xodimi to‘xtatganda haydovchining mashinadan tushishi taqiqlanganmi?

YPX xodimi to‘xtatganda haydovchining mashinadan tushishi taqiqlanganmi?

Avtomobildan chiqish kerakmi-yo‘qmi – bu savol ham xavfsizlikka, ham odob-axloqqa daxldor. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida nizomda transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari YPX xodimi to‘xtatganda kabinadan chiqishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan. Masalan, dunyoning qator mamlakatlarida polisiyachilarning xavfsizligini ko‘zlagan holda bu man etilgan.

Axloqiy nuqtai nazardan ayrim qoidabuzarlar avtomobildan chiqishdan bosh tortish bilan YPX xodimlarini pisand qilmayotganliklarini namoyish qiladilar. Endi YPX xodimining talabiga ko‘ra haydovchilar bunday qilishga majbur bo‘lgan 6 ta holat belgilandi:  

transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;

transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarining ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farqi aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!