Yosh tadbirkorlar uchun ajoyib yangilik!

Yosh tadbirkorlar uchun ajoyib yangilik!

Respublikamiz hududlarida 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan zamonaviy sohalarni o'qitishga ixtisoslashtirilgan va ta'lim biznesini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan yoshlarni bir oy davomida tajribali biznes trenerlar yordamida onlayn shaklda o'qitish tashkillashtirilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan ma'qul deb topilgan 70 ta loyihani amalga oshishi uchun Mikrokredit bank tomonidan 3 yil muddatga va qiymati 50 million so'mga teng bo'lgan fozisiz (0 %li) ssuda (qarz mablag'lari) ajratiladi.

Ushbu loyiha doirasi bo'yicha Bo'stonliq tumanida joylashgan dam olish maskanlariga ham bir hafta mobaynida taniqli hamda tajribali bo'lgan biznes trenerlar va o'quv markazlari rahbarlari ishtirokida oflayn tarzda kurslar tashkillashtiriladi.

Batafsil ma'lumotni yoshtadbirkor.uz/imkoniyat veb-saytiga kirib olishingiz mumkin.

Shuningdek, @imkoniyatuz_bot Telegram boti orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!