Timur Kapadze: O‘yin davomida ham vaziyatlarda sovuqqon va og‘ir bosiqlik namoyish eta oldik

Timur Kapadze:  O‘yin davomida ham vaziyatlarda sovuqqon va og‘ir bosiqlik namoyish eta oldik

O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Barchani bugungi natija bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuvda g‘alaba qozondik. Futbolchilarimiz ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Endilikda maqsadimiz yo‘lida turgan oldindagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

O‘yinga emosional tayyorgarlik haqida:
– O‘yinga qadar futbolchilar bilan bu tomonlama ham gaplashdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Bu futbol, o‘yin davomida har xil vaziyat bo‘ladi. Bugungi o‘yin davomida ham vaziyatlarda sovuqqon va og‘ir bosiqlik namoyish eta oldik, deb o‘ylayman.

Indoneziyaga qarshi kechadigan keyingi o‘yin haqida:
– Biz bor e’tiborimizni bugungi o‘yinga qaragandik. Lekin Indoneziyaning ham o‘yinini ko‘rdik. Kuchli jamoa, Koreyani turnirdan chiqarib yuborib, o‘z imkoniyatlarini namoyish etishdi. Biz endilikda yarim final o‘yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Gol o‘tkazib yubormaslik haqida:
– Bu albatta jamoaviy mehnat. Himoyalanish hujumchilardan boshlanadi. Shu sababli, gol o‘tkazib yubormaganimiz ortida jamoaviy mehnat yotipti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!