"Yolg‘on hisobot berdi. Oyog‘i yerdan uzilgandi" — Shavkat Mirziyoyev ishdan olingan Ortiqxo‘jayev haqida (VIDEO)

"Yolg‘on hisobot berdi. Oyog‘i yerdan uzilgandi" — Shavkat Mirziyoyev ishdan olingan Ortiqxo‘jayev haqida (VIDEO)

Bugun o‘tkazilgan videoselektorda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimini ishdan oldi.

Prezident buni Toshkentda anomal sovuqqa umuman tayyorgarlik ko‘rilmagani bilan izohladi. Mirziyoyev bir qancha tumanlarda elektr energiyasi bilan ta’minlovchi uskunalar ishdan chiqqanini, yolg‘on hisobotlar berilganini va boshqa holatlarni tanqid qildi.

"Oyog‘i yerdan uzilgani, pastga tushmagani uchun Ortiqxo‘jayevni ishdan oldim", dedi Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!