Yil yakunigacha Sharof Rashidov tumanida 20 ta xususiy bog‘cha quriladi

Yil yakunigacha Sharof Rashidov tumanida 20 ta xususiy bog‘cha quriladi

Bu yilgi Navro‘z ayyomi Jizzax viloyatining barcha shahar, tuman va qishloqlarida umumxalq sayillari tarzida o‘tkazilayotgani unga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishlamoqda. Bayramning asosiy tantanalari Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasi da bo‘lib o‘tdi.

Bahorning betakror bayrami arafasida viloyatda sanoat korxonalaridan tashqari, bir nechta maktabgacha ta’lim muassasalari ham foydalanishga topshirildi.

Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi Yangiobod mahallasida ana shunday maskanlardan biri bolajonlarga taqdim etildi. Bu yerda 140 nafar jajji o‘g‘il-qiz rus va ingliz tillarini o‘rganadi.

Bog‘cha rahbari Aziza Majitovaning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ro‘yobiga 4,7 milliard so‘m sarflandi. Shunga qaramay, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasiga bepul qabul qilish rejalashtirilgan.

Ayyom arafasida tumanda Kumushbibi ko‘zmunchoq deb nomlanuvchi yana bir maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi. Umuman, bu yil Sharof Rashidov tumanining o‘zida to‘rtta davlat va 20 ta xususiy bolalar bog‘chasi ochiladi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!