Yil oxirigacha yana qancha talaba turar joy bilan ta’minlanishi aytildi

Yil oxirigacha yana qancha talaba turar joy bilan ta’minlanishi aytildi

Yil oxiriga qadar respublika bo‘yicha 20 990 o‘rin yaratilib, talabalar turar-joylarining umumiy sig‘imi 112 441 o‘ringa yetkaziladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Farrux Fayziyev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, hukumat oldida davlat-xususiy sheriklik asosida 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar-joyini qurish vazifasi turibdi. Joriy yil oxirigacha 13 024 o‘ringa mo‘ljallangan 26 ta yotoqxona foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Tashkent Index” majmuasida 3 000 o‘rinli yotoqxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yana 4 966 ta turar-joy universitetlarning o‘zlari tomonidan tashkil etilgan. Shutarzda, yil oxirigacha talabalar uchun 20 990 ta yangi o‘rinlar yaratiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uy-joyga muhtoj talabalarning 47 foizi yotoqxonadan joy bilan ta’minlangan.

Hozirda bir talaba uchun bir joyning narxi 40-50 million so‘mni tashkil etadi, ya’ni 400 o‘rinli bitta talabalar turar-joyini qurish uchun 20 milliard so‘mga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi.

Avvalroq, ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensasiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab berilishi haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!