Yaqin kunlarda Fransiyada yana bir karantin joriy qilinishi mumkin

Yaqin kunlarda Fransiyada yana bir karantin joriy qilinishi mumkin

Fransiyada yangi, ketma-ket uchinchi karantin karantin joriy qilinishi mumkin.

Bu haqda “Le Journal du Dimanche” gazetasi mamlakat hukumatidagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qaror yaqin orada qabul qilinadi.

Ta’kidlanishicha, yangi karantin joriy etilishi koronavirusning "Buyuk Britaniya" va “Janubiy Afrika” shtammi tarqalishi bilan bog‘liq.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 27 yanvar kuni karantin joriy etish to‘g‘risida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Hukumat manbalarining aniqlik kiritishicha, yangi cheklovlar kamida uch hafta davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!