Yaponiya aviakompaniyasi yo‘lovchilarga “xonimlar va janoblar” deb murojaat qilishni to‘xtatdi

Yaponiya aviakompaniyasi yo‘lovchilarga “xonimlar va janoblar” deb murojaat qilishni to‘xtatdi

Yaponiyaning Japan Airlines aviakompaniyasi oktyabr oyidan boshlab kemalardagi va aeroportlardagi e’lonlarda “xonimlar va janoblar” so‘zini neytral murojaatga almashtirmoqchi.

Bundan buyon ular ingliz tilidagi e’lonlarda “barcha yo‘lovchilar”, shuningdek “xayrli tong” va “xayrli kech” kabi iboralardan foydalanadi. Shu bilan birga, Yaponlarning «minna-sama» atamasidan foydalanish saqlanib qoladi. Chunki bu genderga xolis va «hamma» degan ma’noni anglatadi.

“Biz endi odamlarning jinsiy o‘ziga xoslik yoki boshqa shaxsiy xususiyatlariga qarab kamsitishga toqat qilmaymiz”, dedi Japan Airlines vakili.

Eslatib o‘tamiz, Air Canada va EasyJet kompaniyalari ham jinsga oid bo‘lmagan murojaatlardan foydalanishni boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!