Yangi reyting: Qozog‘iston 50, Tojikiston 125-o‘rinda. O‘zbekiston esa...

Yangi reyting: Qozog‘iston 50, Tojikiston 125-o‘rinda. O‘zbekiston esa...

BMT Taraqqiyot dasturi navbatdagi Inson taraqqiyoti indeksini e’lon qildi. Mazkur reytingni tuzishda mamlakatlardagi o‘rtacha umr davomiyligi, savodxonlik va hayot darajasiga asoslanilgan.

Inson taraqqiyoti indeksi turli mamlakatlar va mintaqalarda hayot darajasini qiyoslovchi o‘lchov vositasi hisoblanadi.

Bu yilgi reytingda ilk uch o‘rinni Norvegiya, Shveysariya va Irlandiya egalladi. Hayot darajasi eng yomon deb topilgan uch mamlakat Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va Niger bo‘ldi.

O‘zbekistonga esa Turkmaniston bilan bitta – 108-o‘rin ravo ko‘rildi. Qolgan qo‘shni davlatlarning o‘rinlari quyidagicha: Qozog‘iston – 50, Qirg‘iziston – 122, Tojikiston – 125, Afg‘oniston – 170.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!