Yana 1500dan ortiq yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi

Yana 1500dan ortiq yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi

Bugun mamlakatimizning 9 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 569 nafari sog‘aydi. 

Jumladan, bemorlarning 1 245 nafari Toshkent shahrida, 215 nafari Toshkent viloyatida, 47 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 14 nafari Samarqand viloyatida, yana 14 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida va yana 6 nafari Navoiy viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 2 avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 1 208 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil qilmoqda.


Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!