Xotin-qizlar qo‘mitasi toshkentlik ayolning 7 yillik muammosini hal qildi

Xotin-qizlar qo‘mitasi toshkentlik ayolning 7 yillik muammosini hal qildi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarni qiynayotgan turli muammolarga yechim topish maqsadida doimiy ravishda amaliy sa’y-harakatlar olib bormoqda, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Kuni kecha qo‘mita yordamida fuqaro Toshtilla Abdullayevaning yetti yillik muammosiga yechim topildi.

Ayol bundan 7 yil avval firibgarlarning domiga tushib, ham uyidan ayrilgan ham tuhmatga qolib, 7 nafar oila a’zolari bilan ko‘chada qolgan. Bu vaqt oralig‘ida Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida ayolga Yunusobod tumanidan vaqtinchalik turar-joy ajratilgan.

Bugun qo‘mitaning vakillari ishtirokidagi sud majlisida ayolning muammosiga yechim topilib, uning uyi qaytarilishiga muvaffaq bo‘lindi, ayolning o‘zi esa oqlandi. Aybdorlar esa qilmishiga yarasha jazo oladigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!