"Xorijdan O‘zbekistonga sement mahsulotlarini olib kelmoqchi edim. Bu borada cheklovlar yo‘qmi?"

"Xorijdan O‘zbekistonga sement mahsulotlarini olib kelmoqchi edim. Bu borada cheklovlar yo‘qmi?"

Xorijdan O‘zbekistonga sement mahsulotlarini olib kelmoqchi edim. Bu borada cheklovlar yo‘qmi?

Savolga Davlat bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Nurbek Salomov javob beradi:

➡️ Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksportini va sement importini vaqtincha cheklash to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 apreldagi 247-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 22 maydagi 309-son qarori kuchga kirgan bo‘lib, ushbu qaror bilan respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini muhim qurilish materiallari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida karantin davrida joriy etilgan sement importi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan cheklovlar bekor qilingan. 

O‘z navbatda Davlat bojxona qo‘mitasi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan import qilinayotgan sement mahsulotlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!