Xorazmda aliment to‘lamagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Xorazmda aliment to‘lamagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi F.J (ismi o‘zgartirilgan) fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2018 yil  13 iyuldagi sud buyrug‘iga asosan, undiruvchi S.X foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining, ya’ni 2009 yil 2 noyabrda tug‘ilgan D.B va 2014 yil 16 aprelda tug‘ilgan J.Bning moddiy ta’minoti uchun uning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment voyaga yetgunga qadarli undirish belgilangan.

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining "Aniq.uz"ga xabar berishicha, huquqbuzar F.J mazkur ijro hujjati bo‘yicha aliment to‘lashi lozimligini aniq bilgani holda, bu haqda bir necha bor ogohlantirilganligiga qaramay 2 oydan ortiq, ya’ni 2018 yil 13 iyul kunidan 2019 yil 13 mart kuniga qadar undirilishi lozim bo‘lgan 3.484.902 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lmasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

2019 yil 6 may Xiva tuman ma’muriy sudining raisi D.Yusupovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida huquqbuzar F.Jga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi
1-qismi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib sud zalidan qamoqqa olingan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!