Xonanda Imron ota bo‘ldi

Xonanda Imron ota bo‘ldi

Xonanda Imron 27 aprel kuni qiz farzandli bo‘ldi. U qiziga Sofiyasulton deb ism qo‘ydi. Bu haqda Imron o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

«Assalomu alaykum, qadrdonlar! Alloh menga qiz farzand berdi. Ota bo‘ldim, Allohga shukr! Quvonchim cheksiz. Xush kelding, qizim Sofiyasulton! Umring uzoq, rizqing butun bo‘lsin!», — deya xabar qoldirdi Imron.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 6 iyulida Imroning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgandi. Yoshlarning nikoh oqshomi Buxorodagi «Maroqand» restoranida bo‘lib o‘tgan. Oradan ikki kun o‘tib, Imron Toshkentdagi yaqinlari uchun ham to‘y qilib bergan. To‘yda o‘zbek estradasining ko‘plab vakillari ishtirok etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!