Xitoy orbitaga 10 ta Geely-0 aloqa sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy orbitaga 10 ta Geely-0 aloqa sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy avtomobilsozlik sanoati ehtiyojlari uchun foydalaniladigan Geely-03 aloqa sun’iy yo‘ldoshlarini muvaffaqiyatli uchirdi.

Bu haqda Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya korporasiyasi (CASC) ma’lum qildi.

WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aytilishicha, uchirish Pekin vaqti bilan soat 02:30da Tayyuan kosmodromidan (Shansi shimolidagi) CZ-6 raketasi (“Chanchjen-6”) yordamida amalga oshirilgan. Bu Chanchjen tipidagi tashuvchining 534-uchirishidir.

Sun’iy yo‘ldoshlar avtonom haydash texnologiyalari va Xitoyning Geely avtomobilsozlik kompaniyasining avtomobillararo aloqa xizmatlarini taqdim etish tizimini sinovdan o‘tkazish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ular okeanlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan. Loyihani ilgari 2022 yil iyun va 2024 yil fevral oylarida bir xil nomdagi kosmik kemalarning birinchi va ikkinchi guruhini uchirgan CASC sho‘’ba korxonasi CGWIC amalga oshirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!