Xatirchi tumanida ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Xatirchi tumanida ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.B. boshqa bir fuqaro U.ni 2 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida 7-sonli avtobazaga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!