«Vilyarreal» klubi yangi o‘yinchisi — Santi Kasorlani «sehr» yordamida tanishtirdi (video)

«Vilyarreal» klubi yangi o‘yinchisi — Santi Kasorlani «sehr» yordamida tanishtirdi (video)

2007-2015 yillar davomida «Vilyarreal» klubida harakat qilgan, Yevropaning ikki bor chempioni Santi Kasorla jamoaga qaytdi. Futbolchi «Arsenal»dagi faoliyatidan so‘ng yana o‘zining sevimli klubida to‘p suradigan bo‘ldi.Jamoa Santini muxlislarga tanishtirishning antiqa yo‘lini tanladi. Futbolchi muxlislar ko‘z o‘ngida ko‘zboyloqchi tomonidan maydonga o‘rnatilgan kameradan tutunlar ichra chiqib keldi. Bu esa muxlislarni hayratga soldi. Endi u yana o‘z o‘yini bilan muxlislarni hayratga solsa bo‘lgani!?

Manba: dayo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!