Viktor Farxutdinov: "O‘zbekiston va Kuba juda kuchli tarkib bilan kelmoqda"

Viktor Farxutdinov: "O‘zbekiston va Kuba juda kuchli tarkib bilan kelmoqda"

Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiy Viktor Farxutdinov Jahon chempionatidagi favorit termalarning nomini ma’lum qildi.

"Jahon chempionatida bizga qiyin bo‘lishi aniq. Chunki O‘zbekiston va Kuba terma jamoalari juda kuchli tarkib bilan Jahon chempionatiga kelishmoqda. Shuningdek, boshqa mamlakatlardan ham kuchli bokschilar Belgradga tashrif buyuradi",-dedi Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida bokschilar 13 ta vazn toifasida chempionlik uchun ringga ko‘tarilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!