Venesuelada ikki amerikalikning har biri 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Venesuelada ikki amerikalikning har biri 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Venesuela sudi ikki amerikalikni mamlakatga bostirib kirish va hokimiyatni to‘ntarishiga urinish uchun 20 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Bu haqda bosh prokuror Tarek Uilyam Saab xabar berdi.

“Lyuk Denman va Ayran Berri prokurorlar tomonidan og‘ir jinoyatlarda ayblandi. Bugun ular [jinoyatlar] javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdi”, - deya ta’kidlagan prokuror tvitterdagi sahifasida va boshqa sudlanuvchilarga qarshi sud muhokamalari hali yakunlanmaganligini qo‘shimcha qilgan holda.

May oyi boshida Venesuela rasmiylari kolumbiyalik jangarilarning La-Guayra shtatiga dengiz orqali bostirib kirishining oldini olganliklarini aytishdi. Bu holatda sakkiz hujumchi o‘ldirildi. Hujumda ishtirok etgani uchun jami 34 kishi hibsga olindi. Qo‘lga olinganlar orasida ikki amerikalik - Lyuk Denman va Ayran Berri ham bor edi. O‘z jinoyatlarini tan olgan ikki amerikalikni Maduro AQSh prezidentining shaxsiy qo‘riqchilari deb atadi va bosqinchilikning maqsadi o‘zini o‘ldirish bo‘lganini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa o‘z navbatida, Vashingtonning Venesuelada hibsga olingan odamlar guruhi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini va agar bu rejalashtirilgan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar ushbu mamlakatga qarshi operasiya qilish haqiqatini yashirmasligini ta’kidladi.

Bogota ham rasmiy ravishda Venesuelaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganligini rad etdi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!