Venesuela favqulodda vaziyat rejimini koronavirus tufayli yana bir oyga uzaytirdi

Venesuela favqulodda vaziyat rejimini koronavirus tufayli yana bir oyga uzaytirdi

Venesuela hukumati to‘rtinchi marta respublikada 13 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi turish uchun joriy etilgan favqulodda holat rejimini 30 kunga uzaytirdi.

"Prezident Nikolas Maduroning farmoni bilan mamlakatda pandemiyaga qarshi kurashni davom ettirish uchun favqulodda holat rejimi yana 30 kunga uzaytiriladi", deya ma’lum qilgan vise-prezident Delsi Rodriges.

Favqulodda holat rejimi, yangi farmonga ko‘ra, 10 avgustgacha davom etadi.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuelada COVID-19 ning 8803 holati aniqlangan (so‘nggi bir kunda +431 ta holat), 83 kishi (so‘nggi bir kunda +3 bemor) asoratlar tufayli vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!