Vasiliy Utkin: "Men ablahman... Men... Men jirkanchman"

Vasiliy Utkin: "Men ablahman... Men... Men jirkanchman"

Argentina - Xorvatiya o‘yini (0:3) davomida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov sha’niga nojoiz so‘zlar ishlatgan rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin ishqibozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga taklif qilgan edi.

Shundan so‘ng sharhlovchi Telegram kanali orqali muxlislarga murojaaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haqoratdan so‘ng Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida Utkinning o‘zi haqoratlar yomg‘iriga uchragan edi.

Ravshan Ermatov haqida
"Mening jonli efirimga ulgurmaydigan, kelmaydigan, xohlamaydiganlar, sabrsizlar uchun, shuningdek, eshitishdan ko‘ra o‘qish qulayroq bo‘lganlar uchun.

Ya ... (...), ..., o‘zimni yuvindixonadan topgan, oilamning sharmandasi, mol, cho‘chqa va boshqa hokazoman.

O‘z haqoratingizni instagram direktiga yozib qoldiring, eng yaxshisini tanlab, alohida e’lon qilaman. Ijodkorona so‘king.

Meni istaganingizcha so‘kishga to‘la haqlisiz. Eng yomon so‘zlar bilan. Buni qilyapsiz ham - sharhlovchi ham hakam kabidir. Taxminlarim to‘g‘ri chiqmasa doim shunday qilib kelgansiz.

Men ablahman, men... jirkanchman, har narsaman...

Shunday qilishingiz mumkin, qilyapsiz ham.

Chunki, siz ishqibozsiz.

Chunki qiziqqonsiz.

Men ham siz kabiman. Men ham xuddi siz kabi kimnidir yomonlashim va so‘kishim mumkin hatto eng munosib insonlarni ham.

Chin yurakdan, g‘azabda. Omadni jilovlash uchun yoki shunchaki.

Ravshan Ermatov ajoyib hakam. Hakamni so‘kmagan muxlisning o‘zi yo‘q. So‘kilmagan hakam ham bo‘lmagan.

Ravshan Ermatov ajoyib hakam, ammo u hakam. U bilan ham boshqa hakamlar singari voqea bo‘lyapti.

O‘zbek halqiga, o‘zbek futboliga, o‘zbek paloviga va umuman O‘zbekistonga yomonligim yo‘q.

Men ham siz kabi ishqibozlik qilishga, aqldan ozishga va omadni jilovlashga haqliman.

Agar buni tushunmasangiz, siz muxlis emassiz. Yoki o‘zingizga tashqaridan nazar solishni bilmaysiz", - deb yozadi Utkin.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!