“Vagner” guruhi Mali armiyasi bilan qo‘shma operasiyalarda tinch aholi vakillarini otib o‘ldirdi

“Vagner” guruhi Mali armiyasi bilan qo‘shma operasiyalarda tinch aholi vakillarini otib o‘ldirdi

Rossiyaning “Vagner” yollanma askarlar guruhi Mali hukumati armiyasi bilan qo‘shma operasiyada tinch aholi vakillarini otib o‘ldirdi. Bu haqda Anadolu nashri Human Rights Watch manbasi ma’lumotlariga tayanib, xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, “Vagner” guruhi o‘tgan yilning dekabr oyidan beri Mali armiyasiga ko‘plab reydlar va dron hujumlari amalga oshirishda yordam berib kelmoqda. Ushbu hujumlarda tinch aholi vakillari, jumladan bolalar halok bo‘lgan

Human Rights Watch manbasi tomonidan chop etilgan “Mali: harbiylar va Vagner guruhining tinch aholiga nisbatan vahshiyliklari” nomli hisobotda Vagnerning tinch aholini nishonga olganiga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, 16-17 yanvar kunlari guruhning tinch aholiga o‘t ochishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 4 nafari bola bo‘lgan.

“Vagner” guruhi bugungi kunda Malidagi mahalliy kuchlarga harbiy mashg‘ulotlar o‘tadi. Davlat rahbarlarini yaqindan himoya qiladi va energiya ob’ektlarini qo‘riqlaydi.

AQSh Moliya vazirligi 2023 yilning may oyida Malidagi “Vagner” guruhi rahbariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar uchun sanksiyalar qo‘llashini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!