Kiyevda “Rossiya razvedka boshqarmasi agentlari” qo‘lga olindi

Kiyevda “Rossiya razvedka boshqarmasi agentlari” qo‘lga olindi

Kiyevda qator teraktlar tayyorlashda gumon qilingan “Rossiya razvedka boshqarmasi agentlari” qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar gipermarketlar va kafelardan birining yoniga portlovchi moslamalarni joylashtirgan. Razvedka xizmatining ta’kidlashicha, portlashlar 2024 yil 9 may kuni sodir bo‘lishi kerak edi.

Portlovchi moslamalar choy qadoqlari sifatida yashirilgan. Ukraina razvedkacining ta’kidlashicha, bombalar gipermarketlardagi eng yuqori gavjumlik vaqtida portlashi kerak bo‘lgan. Rasmiy Kiyev Rossiya razvedka boshqarmasi xodimi bo‘lgan Yuriy Sizovni teraktlar kuratori deb atamoqda.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan davlatga xiyonat, qo‘poruvchilik va terrorizm moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati "terrorchilik hujumining bevosita aybdorlari" qo‘lga olinganini da’vo qilmoqda, ammo ularning sonini bildirmagan. Chop etilgan fotosuratlardan ma’lum bo‘lishicha, ikki kishi hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!