HAMAS rahbari qayerda?

HAMAS rahbari qayerda?

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va Falastin harakatining boshqa yuqori martabali vakillari Rafahda emas, Xon Yunisda joylashgan. Bu haqda Amerika razvedkasidagi manbalarga tayanib, NYT nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sinvar urush boshlangandan beri o‘ziga makon tutgan Xon Yunisdagi tunnelni tark etmagan.

Gazetaga ko‘ra, HAMAS tunnellarining ulkan tarmog‘i Xon Yunisda yer ostida joylashgan bo‘lib, ba’zi joylarda ularning chuqurligi 15 qavatgacha cho‘zilgan.

Vashingtonning fikricha, Isroil razvedkasi Sinvarning qayerda ekanligi haqida bir xil, balki aniqroq ma’lumotga ega.

«Ammo, mojaro boshidanoq Qo‘shma Shtatlar Isroilga HAMAS yetakchilari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan», - deya ta’kidlaydi maqola mualliflari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!