AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga yetib keldi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga yetib keldi

AQSh Davlat departamenti rahbariga safarda hamrohlik qilayotgan AFP muxbirining so‘zlariga ko‘ra, Entoni Blinken ukrainaliklarni AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishontirish uchun seshanba kuni ertalab e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi.

Blinken Polshadan tungi poyezdda kelgan va yaqin orada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi kerak.

"Bu tashrif sharqiy frontdagi janglar va Rossiya qo‘shinlarining Xarkovga hujumlarni kuchaytirayotgani sababli juda og‘ir ahvolda qolgan ukrainaliklarga Qo‘shma Shtatlarning qo‘llab-quvvatlovi haqida aniq xabar berishga qaratilgan", — dedi jurnalistlarga ismini oshkor qilishni istamagan AQSh delegasiyasining yuqori martabali a’zosi.

Bu Blinkenning Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan beri Kiyevga to‘rtinchi tashrifi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!