Xorijiy davlatda ishlaydigan fuqaro tomonidan yuborilgan pul mablag‘idan soliq olinadimi?

Xorijiy davlatda ishlaydigan fuqaro tomonidan yuborilgan pul mablag‘idan soliq olinadimi?

Koreya Respublikasida o‘qib, ishlayotgan fuqaro o‘sha davlat korxonasi orqali o‘zining ish haqini O‘zbekistondagi bank hisob raqamiga ko‘chirganda undan daromad solig‘i olinadimi?

Mazkur savolga Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori Olloyor Mamarajabov kuyidagicha javob berdi.

– Soliq kodeksining 368 va 381-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga xorijiy davlatdan yuborilgan pul uchun 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.

Soliq kodeksining 393-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari — deklarasiya asosida soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, Koreya Respublikasida o‘qib, ishlayotgan fuqaroning Soliq rezidentlik maqomi inobatga olinishi lozim.

Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami 183 kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklarasiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.

Bunda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq to‘lanmaydi.

Ya’ni, fuqaro Koreya Respublikasiga borgan kundan boshlab har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat Koreya Respublikasida bo‘lib turgan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi.

Soliq kodeksining 368-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Bunda, xorijiy yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga yuborilgan pul mablag‘lariga Soliq kodeksining 381-moddasiga asosan 12 foizlik stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!