Dunyoda kartoshka yetishtirish oshiriladi

Dunyoda kartoshka yetishtirish oshiriladi

2030 yilga borib kartoshkaning global miqyosda yetishtirilishi 50 foizga o‘sib, yiliga 750 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

Har yili dunyo bo‘ylab 370 million tonnadan ortiq kartoshka yig‘ib olinadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy kartoshka yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda, Hindiston esa ikkinchi o‘rinda turadi. Ukraina siyosiy vaziyatlarga qaramay uchinchi o‘rinda turibdi.

Ekspertlarning fikricha, kartoshka yetishtirishni kengaytirish oziq-ovqat muammosini sezilarli kamaytirishga yordam beradi.

BMTning ta’kidlashicha, yetishtirilayotgan kartoshkaning ortib borayotgan hajmi juda ko‘p miqdordagi suvni talab qiluvchi sholichilik muammosiga yechim bo‘ladi. Xitoy bu borada birinchilardan bo‘lib sholi o‘rniga kartoshka hosilini oshirish dasturini ishlab chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!