Vafot etgan fuqarolarning 25 mln so‘mlik pensiyalari boshqa shaxslarga to‘langani aniqlandi

Vafot etgan fuqarolarning 25 mln so‘mlik pensiyalari boshqa shaxslarga to‘langani aniqlandi

Joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan monitoringlarda ayrim hududlarda AT “Xalq banki” xodimlari tomonidan belgilangan tartibga zid ravishda to‘lovlarni amalga oshirilgan holatlar aniqlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar qiladi.

 

Jumladan,

 

- vafot etgan fuqarolarning 25,1 mln so‘mlik pensiyalari boshqa shaxslarga to‘langan;

 

- bank xodimlari tomonidan 13,4 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan;

 

Misol uchun, Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Qilovtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro J.Raxmonovaning to‘lov vedomostidagi 405,5 ming so‘mlik to‘lovi AT “Xalq banki” sayyor kassa xodimi tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan.

 

- 108 mln so‘m tegishli hujjatsiz boshqa shaxslarga to‘langan;

 

- yotoqdagi fuqarolarga 210,9 mln so‘m asossiz yetkazib berilmagan.

 

Yuqoridagi kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida pensiya va nafaqa oluvchilarni identifikasiyalash hamda elektron pensiya guvohnomalari (ID-kartalar)ni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilish rejalashtirilgan.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!