O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlikka chaqiradi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlikka chaqiradi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ishlash uchun ushbu mamlakatga borayotgan vatandoshlarimizni firibgarlik harakatlaridan ogohlikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Elchixona telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda, Qozog‘istonga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirayotgan firiblarga ma’lum bir pul evaziga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolik pasportlarini berish holatlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi bunday insonlarning gapiga ishonmaslikka va fuqarolarimizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslik, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish maqsadida fuqaroning shaxsan o‘zi aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat etishi zarurligini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etishi zarur. Shuningdek, o‘zini "diplomatik vakolatxona xodimiman" deb tanishtirgan shaxslarga duch kelganda quyidagi raqamlarga murojaat qilish so‘raladi:

O‘zbekistonning Ostonadagi elchixonasi:

+8 (7172) 95-45-87

O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi:

+8 (727) 390-26-16

O‘zbekistonning Aqtaudagi Bosh konsulxonasi:

+8 (729) 277-71-17

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi: 115

Qozog‘iston polisiyasi: 102.

Diplomatik missiya sizlardan firibgarlarning so‘zlariga ishonib qolmaslikni va hujjatlaringizni shaxsan o‘zingiz aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) topshirishingiz kerakligini yana bir bor eslatib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!