O‘zbekistonliklar Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

20 yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekistonliklar Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyadagi jami 9,5 mingdan ortiq ish o‘rniga taklif etilmoqda.

Bu haqda Migrasiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Slovakiyadagi avtomobil zavodiga 5 ming nafar, ishlab chiqarish zavodlariga 1 ming nafar ishlovchi mutaxassislar, 500 nafar elektrik va payvandchilar (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi), 550 nafar fura va kara haydovchilari taklif qilinmoqda. Oylik maosh 1000 yevrodan 2400 yevrogachani tashkil etadi.

Qurilish sohasi uchun betonshik, armaturshik, manalitchilar Xorvatiyadagi ishlarga taklif qilinadi. Oylik maosh — 1000 AQSh dollaridan 2 500 AQSh dollarigacha.

Vengriya avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislar, «Samsung» zavodi omborlarida ishlovchi ishchilar hamda Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxasislarni ishga jalb qilmoqda. Oylik maosh — 1000 AQSh dollaridan 1500 AQSh dollarigacha.

Rossiyadagi qurilish ishlariga 2000 nafar, ishlab chiqarish ishlariga esa 1000 nafar fuqaro qabul qilinadi. Oylik maosh 900 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigachani tashkil etadi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!