O‘zbekistonliklar bayram kunlari sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi — Mubarakshin

O‘zbekistonliklar bayram kunlari sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi — Mubarakshin

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Boshqaruvi raisi Ruslan Mubarakshin rahbarligida kirib kelayotgan yangi 2021 yil bayrami kunlarida iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishdangan video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumida sifatli elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida joriy yil 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida va 17 avgust kuni Bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida mavsumni barqaror va uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi aytib o‘tildi. 

Shunga qaramasdan, ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus shtab tashkil etilib, Aksiyadorlik jamiyati va korxonalar kesimida maxsus buyruqlar ishlab chiqildi, 24 soatlik navbatchilik joriy etilib, mutasaddilar oldida turgan birinchi darajali chora-tadbirlar belgilab olindi.

"Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 8 ta energoblok, 15 ta qozon agregatlari, 5 ta BGQ va boshqa bir qator asosiy va yordamchi energiya uskunalarini ta’mirlandi, - deydi "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Boshqaruvi raisi R.G.Mubarakshin. - Ushbu ishlarni bajarilishi natijasida issiqlik elektr stansiyalari va markazlarining amaldagi quvvati 368 MVt ga oshdi. Galdagi vazifamiz ushbu qurilmalarning to‘liq quvvatlarda ishlashini ta’minlash, yurtdoshlarimizga bayram kunlarida sifatli elektr va issiqlik quvvatlarini yetkazishdan iborat". 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!