O‘zbekistonlik talaba Tokiodagi stadionda ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinyapti

O‘zbekistonlik talaba Tokiodagi stadionda ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinyapti

Yaponiya polisiyasi Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilishi marosimi o‘tkaziladigan Tokio Milliy stadioni hududida ayol kishini zo‘rlashda gumonlanayotgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda TASS Yaponiyaning “Kyodo” agentligiga tayanib, xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bilan aloqador. Hibsga olingan shaxs stadionda OAV xodimlarini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan firma tomonidan yollangan talaba bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Tokiodagi Olimpiada 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi belgilangandi. Pandemiya sabab musobaqa 1 yilga surildi va endilikda 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladi. Tashkilotchilar O‘yinlarni chet ellik muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!