O‘zbekistonlik karatechilar jahon chempionatiga yo‘l olishdi

O‘zbekistonlik karatechilar jahon chempionatiga yo‘l olishdi

O‘zbekistonlik karatechilar jahon chempionatiga yo‘l olishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 24-29 oktyabr kunlari karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi bugun tongda Vengriyaga yo‘l oldi. Tarkibda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari chempioni Sevinch Rahimova, shuningdek, boshqa bir qator tajribali sportchilarni ko‘rish mumkin.

To‘liq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:

-60 kg: Sardor Ro‘zimurodov;

-67 kg: Sadriddin Saymatov;

-75 kg: Quvonchbek Muhammadiyev;

-84 kg: Alisulton Hojiyev;

+84 kg: Islombek Ismatillayev.

Ayollar:

-50 kg: Shahrizoda Ismatillayeva;

-55 kg: Sevinch Rahimova;

-61 kg: Zulxumor Tursunaliyeva;

-68 kg: Bonu Egamberdiyeva;

+68 kg: Mohlaroyim Hakimjonova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!