O‘zbekistonga me’da saratonini davolovchi rossiyalik jarrohlar keldi

O‘zbekistonga me’da saratonini davolovchi rossiyalik jarrohlar keldi

Shu kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarida Rossiyalik professorlar ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari olib borilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xabar berdi.

Rossiyalik jarrohlar me’da va koloproktologiya saratoni bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Ular ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari laparoskopik usulda o‘tkazilmoqda.

“O‘zbekistonga jarrohlar jamoasi bilan keldik. Avval Xorazda bo‘ldik va saratonga chalingan bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazdik. Umuman olganda tajriba almashib, mahorat darslarida qatnashmoqdamiz”, - deydi rossiyalik shifokor Artyom Goncharov.

Ayni paytda markazda kuniga 2 tadan 10 tagacha laparoskopik usulida operasiya qilinmoqda.

Shuningdek, rossiyalik mutahassislar joylardagi mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari ham olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, laparoskopik usuldagi operasiyalar bemorning qorin bo‘shlig‘ini kesmasdan amalga oshiriladi.

Ochiq holda qilingan operasiya jarohati yiringlashi, shuningdek, operasiyadan keyingi og‘riq sindromi kuchliroq bo‘lishi mumkin. Laparoskopik jarrohlik amaliyotidan so‘ng bu og‘riqlar bemorda ko‘zatilmaydi.O‘zlashtirilgan yangi usul bemorning tez tiklanib, ijtimoiy faoliyatga qaytishini osonlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!