O‘zbekistondan qancha valyuta olib chiqish yoki olib kirish mumkin?

A A A
O‘zbekistondan qancha valyuta olib chiqish yoki olib kirish mumkin?

Mamlakatimizda qo‘shni davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanib, davlatlar o‘rtasidagi chegara-bojxona postlari xizmati yo‘lga qo‘yilib, aholiga ham, tadbirkorlarga ham qulayliklar yaratilmoqda. Biroq berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarni suiiste’mol qilib, bojxona qoidalarini buzayotgan fuqarolarimiz ham yo‘q emas. Shu bois Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bilan hamkorlikda bojxona chegaralarini kesib o‘tuvchi jismoniy shaxslar uchun bojxona tartib-qoidalari haqida ma’lumot berishni lozim deb topdik.

O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan bo‘lsangiz...

Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga qay yo‘sinda kirib kelayotganiga qarab, tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorlari turlicha qo‘llaniladi. Agar respublikamizga xalqaro aeroportlar orqali kirib kelayotgan bo‘lsangiz 2000 AQSh dollari, temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali 1000 AQSh dollari, avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotgan bo‘lsangiz 300 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishingiz mumkin.

Bunda ularni yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatish talab etilmaydi.

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs o‘z ehtiyojidan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs nima maqsadda olib o‘tayotganini isbotlab bermasa unda tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi.

Ammo ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan me’yorlari mavjud. Xususan, O‘zbekiston Respublikasiga

alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo 2 litrgacha;

barcha turdagi tamaki mahsulotlari 10 qutigacha;

atir va atirsimon suyuqliklar 3 donagacha;

qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari

65 gr.gacha olib kirish mumkin.

Qancha miqdorda naqd xorijiy va milliy valyutani olib kirish mumkin?

Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyuta olib kirishlari mumkin. Bunda olib kirilayotgan naqd xorijiy valyutalar 2000 AQSh dollari ekvivalentidan ortiqcha bo‘lsa, u holda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summadagi naqd milliy valyuta so‘m ni olib kirishga ruxsat etiladi.

Qancha miqdorda naqd xorijiy va milliy valyutani olib chiqish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat beriladi. 2000 AQSh dollari va undan ortiq bo‘lmagan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishda esa ularni yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatish talab etilmaydi.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.

Norezidentlar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutalarni olib chiqish ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi asosida amalga oshiriladi. Ya’ni kirishda to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilgan naqd xorijiy valyuta summasidan ortiqcha bo‘lmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindori yoki qatnashchisi bo‘lgan norezidentlar tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda, naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.

Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summadagi naqd milliy valyuta so‘m ni olib chiqishga ruxsat etiladi.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd milliy valyutani olib chiqib ketish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.

Unutmang!

O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar, portlovchi moddalar va portlatish vositalari, davlat va jamiyat qurilishiga raxna solishga, urush, terrorizm, zo‘ravonlik, ekstremizm, pornografiya va boshqalarni targ‘ib etishga qaratilgan har qanday turdagi materiallarni, shuningdek, etil spirti, lazerli nur tarqatgichlar, uchuvchisiz uchish apparatlari, pirotexnika mahsulotlari, pul yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yin avtomatlari, M2 , M3 va N2 toifadagi oldin foydalanuvda bo‘lgan avtotransport vositalari, zaharlilik darajasi Yevro-3 ekologik sinfi talablariga javob bermaydigan, benzin yoki dizel yoqilg‘isida harkatlanadigan yangi avtotransport vositalarini, bundan tashqari, energiya samaradorligining G va F klassiga mansub bo‘lgan maishiy elektr priborlarini hamda quvvati 40 vattdan ortiq bo‘lgan cho‘g‘lanma lampochkalarni chetdan olib kirish taqiqlanadi.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni, sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni, alyuminiy kukuni va qurumini, o‘qotar qurol va patronlarni, yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kolleksiyalari, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali uskunalar ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar, diniy adabiyotlar va madaniy boyliklarni olib kirishda vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari yoki xulosalari talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotganlar uchun

Agar siz O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan bo‘lsangiz, shuni yodda tutingki, jismoniy shaxslar 5 000 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni erkin olib chiqishlari mumkin. Bunda ularni yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatish talab etilmaydi.

Ammo ayrim turdagi tovarlarni olib chiqishning cheklangan me’yorlari mavjud. Jumladan,

guruch 3 kg.gacha;

non mahsulotlari 5 kg.gacha;

go‘sht va go‘sht mahsulotlari, shakar va o‘simlik yog‘i 2 kg.gacha;

yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalardan 40 kg.gacha olib chiqish mumkin.

Darvoqe:

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalari va davriyligi mavjud.

Quyidagi ruyxatda keltirilgan tovarlarni endilikda har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib o‘tayotganda faqat 1 donadan olib kirish mumkin.

Boshqa turdagi tovarlarni esa 1 kalendar oyda 1 marotaba har bir nomdagi tovardan 2 kg.gacha (bo‘linmaydigan tovarlar bundan mustasno) olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo mazkur tovarlarning umumiy og‘irligi 10 kg.dan oshmasligi kerak.

Olib o‘tilayotgan tovarlar qiymati respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan piyoda, avtomobilda, temir yo‘l yoki daryo o‘tkazish punktlari orqali tovarlarni bojxona to‘lovlari undirmasdan olib o‘tishning cheklagan me’yorlaridan oshmasligi kerak.

Unutmang, tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib o‘tishning miqdoriy normalari jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini chegara o‘tkazish punktidan belgilangan davrda birinchi marta o‘tishida qo‘llaniladi. Bunda bojxonachilar chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning pasportiga qo‘yiladigan belgidagi sanaga asoslanishadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalari

Snimok.PNG

Agar Siz bojxona qoidalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona.uz veb-saytiga yoki 11-08 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar shu yerning o‘zida chegara-bojxona postida xizmat olib borayotgan bojxona xodimlariga murojaat qilishlari mumkin.

Manba: Mahalla gazetasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.

Rutte: NATO mamlakatlari "Yaqinlashib kelayotgan Rossiya tahdidi"ni sezmayapti

Бу ҳақда Reuters агентлиги унинг Мюнхен хавфсизлик конференциясидаги нутқини эълон қилди.