O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, taniqli olim, iqtisodiyot fanlari doktori, sobiq Mehnat vaziri o‘rinbosari, turizm sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan mutaxassis, professor Rustam Xamidovich Shodiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziyamizni izhor etamiz.

Rustam Xamidovich Shodiyevning nomi respublikamiz ilmiy jamoatchiligi doirasida hamda ta’lim tizimi xodimlari orasida yuksak ehtirom bilan tilga olinadi. 

Rustam Shodiyev 1938 yil 15 mayda ziyolilar oilasida tug‘ildi. 1955 yilda Toshkent shahridagi 28-sonli maktabni oltin medal bilan tugallab, Moskva davlat iqtisodiyot institutiga o‘qishga kirdi.

U o‘z mehnat faoliyatini 1960 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot institutida laborantlikdan boshladi va 26 yil davomida kichik ilmiy xodimdan to ilmiy ishlar buyicha direktor o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan pog‘onalarni bosib o‘tdi.

1967 yilda Moskva shahrida — nomzodlik, 1981 yilda esa doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 1983 yilda professor unvonini oldi.

1980-1984 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) “Suriya Arab Respublikasida mehnatni tashkil etish va samaradorligini oshirish” nomli loyihasiga rahbarlik qildi. Safardan qaytgach, Mehnat vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishladi. Bank-moliya akademiyasi ilmiy markaziga rahbarlik qildi.

1997 yildan 2005 yilgacha — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, 2005-2019 yillarda esa Toshkent davlat iqtisodiyet unversitetining “Xalqaro turizm” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritdi.

U o‘zbek tilida ilk bor 2005 yilda va keyinchalik qayta chop etilgan “Jahon iqtisodiyoti” fani darsligining muallifidir. 120 dan ortiq maqolalari (ulardan 18 tasi xorijda) va 4 ta (bittasi ingliz tilida) yirik monografiyasi chop etilgan. 3 nafar fan doktori va 30 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodini tayyorlagan. 1988 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor bo‘ldi, "O‘zbekiston Miliy Ensiklopediyasi"ga kiritildi, Xalqaro biografik markazining (Angliya) “XX asrning 2000 nafar atoqli intellektuallari” kitobiga kiritilib, yorliq va medal bilan taqdirlandi. 

Rustam Shodiyev O‘zFA Kibernetika isntitutida, keyinchalik uzoq yillar nafaqaga chikishiga kadar O‘zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi ilmiy tekshirish institututida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!