O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi

Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilishi kutilayotgan Xitoy vaksinasining umidbaxsh ekanligini ta’kidlagan va «Bir nechta vaksina sinovini parallel ravishda o‘tkazish – davr taqozosi», – degan edi.

"Kun.uz" nashrining yozishicha, joriy yilning 21 oktyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmacyeutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

2020 yil 19 noyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirliginingIlg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, plasebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi davlat markazi tomonidan qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu vaksina klinik tadqiqotlarining birinchi va ikkinchi bosqichlar hujjatlari ekspertizasi, shuningdek, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi hamda Farmako-toksikologik laboratoriyada vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Ta’kidlash joiz, barcha amalga oshirilayotgan ishlar SSV nazoratida.

Tekshiruvlar ijobiy yakunlanganidan so‘ng, davlat markazi va Etika qo‘mitasining ijobiy xulosasiga muvofiq, vaksinaning uchinchi bosqich klinik tadqiqotlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi hal etiladi, – deya xabar bergan Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!