O‘zbekistonda qashshoqlikni kamaytirish uchun 700 mln dollar ajratiladi

O‘zbekistonda qashshoqlikni kamaytirish uchun 700 mln dollar ajratiladi

O‘zbekistonda Jahon banki, BMTning Rivojlanish dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqiladi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Prezidentimizning aytishicha, ushbu maqsadlar uchun 700 million dollar jalb qilinadi. Shuningdek, xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiya yaratiladi.

Davlatimiz rahbari yil davomida byudjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyasiyadan yuqori miqdorda oshirilishini ta’kidlagan.

«Nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish, bu borada mahallaning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim.

Fuqarolarimiz pensiyaga chiqishi uchun faqat pasporti bilan murojaat qilishi kifoya bo‘ladigan tizim yaratiladi», — degan u.

Shavkat Mirziyoyev, 2020 yilda keksalar, jumladan, yolg‘iz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit va ta’sirchan tizim yaratish zarurligini ham aytib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!