O‘zbekistonda koronavirusni yo‘q qiladigan kiyim yaratildi

O‘zbekistonda koronavirusni yo‘q qiladigan kiyim yaratildi

O‘zbek to‘qimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi va hozirda amalda keng qo‘llanila boshlandi.

"Loyiha tashabbuskori «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi "Cotton Road" qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi «HeiQ Viroblock» innovasion ishlanmasini o‘zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakteriyal texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlash tizimidir", deyiladi xabarda.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bog‘laydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yo‘q qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekresiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Ushbu innovasion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Mavjud amaliyot shuni ko‘rsatdiki, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

  • Havoni yaxshi o‘tkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqcha issiqlikni olib tashlashni ta’minlab, uzoq muddatli qulay ishlashni ta’minlaydi.
  • Qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni ta’minlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori.
  • Mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!