O‘zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda sanoat gazlari ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda sanoat gazlari ishlab chiqariladi

O‘zbekneftgaz va AQShning Air Products and Chemicals kompaniyalari sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Gazeta.uz ning xabar berishicha, hujjat Toshkentda O‘zbekiston neft va gazi OGU-2019 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida imzolangan.

Kompaniyalar o‘rtasidagi muzokaralar 2018 yil avgustidan beri davom etib kelmoqda. Qo‘shma ishchi guruh O‘zbekiston hududida va qo‘shni davlatlarda vodorod, kislorod, argon, karbonat angidrid va boshqa noyob sanoat gazlariga bo‘lgan talabni o‘rganib, tahlil qilgan.

Ishchi guruh faoliyat yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda sanoat gazlarini ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxonani tashkil etish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Kelishuv mamlakatda sanoat gazlari bozori infratuzilmalarini shakllantirish va ksenon, kripton, geliy, argon va boshqa bir necha turdagi noyob gazlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga imkon yaratadi , deyiladi O‘zbekneftgaz bayonotida.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!