O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shiladi

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shiladi

O‘zbekiston Birlashgan millatlar tashkiloti imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi.

Prezidentning “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan mamlakat Birlashgan millatlar tashkiloti imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiyaga (Nyu-York, 1946 yil 13 fevral) qo‘shiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining huquqlari amalga oshirilishi va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov zimmasiga yuklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!