O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assosiasiyasining rasmiy a’zosiga aylandi

O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assosiasiyasining rasmiy a’zosiga aylandi

19 may kuni Marche du Film kinobozorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ochilgan milliy pavilyonda Xalqaro kinokomissiyalar assosiasiyasi (AFCI) prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ushbu nufuzli xalqaro assosiasiyaga a’zo bo‘ldi. AFCI prezidenti Jess Konoplia Markaziy Osiyoda birinchi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga a’zolik sertifikatini topshirdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyati hamda kinolokasiyalari jozibadorligi taqdim qilindi. Bundan tashqari, assosiasiya bilan istiqbolli hamkorlik ham muhokama qilindi.AFCI ga a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi butun dunyodagi kinokomissiyalar ma’lumotlari bazasiga kiritiladi, jahonning eng yirik prodyuserlari va kinokompaniyalari shu assosiasiya orqali O‘zbekistonni suratga olish uchun manzil sifatida kashf qiladi. Undan tashqari, mahalliy kinomutaxassislar o‘z tajribalarini oshirishlari uchun xorijiy konferensiya va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilinishadi. Ma’lumot uchun, shtab kvartirasi AQShning Los-Anjeles shahrida joylashgan Xalqaro kinokomissiyalar assosiasiyasiga (AFCI) dunyodagi 300dan ortiq kinokomissiyalar a’zo bo‘lgan. Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib AFCI ga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hammuassisligida tashkil qilingan edi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!